O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Aziya Invest Favorit” MCHJga pul to‘lab, uylarini ololmayotgan fuqarolar bilan uchrashdi. 14 marta sudlangan kompaniya rahbari Hayrulla Xatamov va uning oila a’zolariga tegishli 200 mlrd so‘mlik mulk xatlandi. Hukumat muammoni hal qilish yuzasidan o‘z taklifini bildirdi.
Toshkentdagi 1100 ga yaqin aldangan hissadorlar muammosini hal etish uchun tuzilgan hukumat komissiyasi bankka garovga qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish, qurilishni boshqa quruvchilarni jalb etgan holda yakunlash yoki mulkni sotish orqali yetkazilgan zararni qoplashni taklif qilmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan fuqarolar bilan uchrashdi. U prezident tomonidan yuborilganini aytib, muammoni hal qilishga va’da berdi: “Ortingizda prezident turibdi, shuning uchun qo‘rqmanglar”. Uy qurilishini yakunlashga boshqa korxonalar jalb etiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilbay Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan 1000 dan ortiq fuqarolar muammosini ko‘rib chiqadi. U qurilishni yakunlash, bankka garov uchun qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish imkoniyatlari kabilarni o‘rganadi.
Bir guruh toshkentliklar 8 ta uy qurayotgan Aziya Invest Favorit ustidan prezidentga murojaat yo‘lladi. Unga ko‘ra, kompaniya kredit olish maqsadida sotilgan kvartiralarni garovga qo‘ygan, banklar esa kredit to‘lanmangani uchun uy-joylarni olib qo‘ygan. 1000 kishi ko‘rgan zarar 300 mlrd so‘mdan oshishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting